O‘zbek lotin yozuvi muammolari: internetdagi muhokamalar

Mana, lotin yozuviga o‘tganimizga 20 yildan oshgan bo‘lsa-da, erishilgan natijalar maqtagulik yoki aytishga arzigulik emas. Sentabr yoki sentyabr yozilishini qo‘yib turing, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining o‘zi hali mukammal emas!

Alifbo mukammal bo‘lmay turib, unga asoslangan yozuvni mukammal qilib bo‘lmaydi. Demak, ishni alifboni takomillashtirish, uni xatoliklardan (ha, albatta, xatoliklardan!) tozalashdan boshlash lozim.

Quyida o‘zbek lotin alifbosidagi mavjud muammolar haqida internetda bo‘lib o‘tgan turli muhokamalardan parchalar keltiraman. Zora, shu bilan muammolarga tepadan nazar tashlasak va uning mohiyatini anglab yetsak.

Izoh: Quyida keltirilgan muhokamalar Facebook, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Muhokamalarning o‘zbek lotin yozuviga tegishli va muhim joylari keltiriladi. To‘liq o‘qimoqchi bo‘lganlar har bir muhokama sarlavhasida berilgan havola orqali asl manbaga o‘tishlari mumkin. Ha, yana bir narsa, tabiiy bo‘lishi uchun muhokamalarda keltirilgan odamlarning fikrlari o‘zgarishsiz, aslicha keltirildi.

Continue reading

IT sohasiga oid o‘zbekcha tarjimalar xususida

Izoh: IT (“Ay-ti” deb talaffuz qilinadi) – bu, inglizcha “information technologies” – axborot texnologiyalari iborasining qisqartmasidir. Bu qisqartma ko‘plab tillarda shundayligicha qabul qilingan. Xususan, men ham uni o‘zbek tilida shundayligicha qo‘llashni ma’qul ko‘raman.

Tan olish kerakki, bundan 5-6 yil oldin biror mobil telefonda yoki kompyuter uchun ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotda o‘zbek tilini ko‘rish amri mahol edi. Biroq, bugungi kunga kelib bu holat ancha yaxshi tomonga o‘zgardi. To‘g‘ri-da, 31 million aholisi bor O‘zbekistonning 80-85 foizi o‘zbek tilida so‘zlaganidan keyin, bu raqam ko‘pchilik xorijiy kompaniyalar uchun ulkan yangi bozor demakdir.

Xo‘sh, hozirda aynan qanday dasturiy mahsulotlar, qanday hujjatlar o‘zbek tiliga o‘girilmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilgan hamda chet ellardan kirib kelayotgan har qanday dori mahsulotlaridan foydalanish ko‘rsatmasi hamda yorliqlari o‘zbek tilida ham bo‘lishi shart qilib belgilangan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, bu sohaga oid tarjimalar ancha oldin boshlangan va unga ixtisoslashgan tarjimonlarda yaxshigina tajriba ham yig‘ilgan. Shuni ham aytib o‘tish joizki, tibbiyot sohasiga oid atamalar ko‘pincha xalqaro atamalar bo‘lgani bois, ularni to‘liq o‘zbekchalashtirish ko‘p ham ma’qullanavermaydi. Shuning uchun biznikilar qiynalib o‘tirmay shunday ruscha talaffuz qilinishini “o‘zbekchalashtirishadi” qo‘yadi.

Continue reading

Android tizimiga qirg‘izcha klaviatura qo‘shildi

Android mobil platformasiga tizimiga qirg‘izcha klaviatura qo‘shildi. Bu degani, qirg‘izcha klaviaturadan foydalanish uchun alohida mobil ilova (MultiLing kabi) o‘rnatish shart emas.

Bu haqda asli qirg‘izistonlik, hozirda Google kompaniyasida ishlovchi Tilek Mamutov o‘zining Facebook sahifasida xabar bergan.

Bu yangilik Android uchun oddiy bir yangilik hisoblanishi mumkin, lekin u nafaqat qirg‘izlarlar, balki butun Markaziy Osiyo aholisi uchun katta yutuq hisoblanadi. Eslatib o‘taman, Androidda na o‘zbekcha, na qozoqcha klaviatura tizim darajasida mavjud emas!

Bundan ko‘rinib turibdiki, Androidda qirg‘izcha klaviaturaning paydo bo‘lishida Tilek Mamutovning hissasi katta. Bundan tashqari, u o‘zbekcha yoki qozoqcha klaviaturalarning qo‘shilishi borasida ham takliflarni kutishini aytgan. Unga o‘z taklifimizni va yordam uchun tayyor ekanligimizni bildirdik.

Continue reading

Diqqat! SMS-spam bilan zararlangan qurilmalarni virusdan tozalash

So‘nggi kunlarda o‘zbekistonlik uyali aloqa abonentlariga SMS-spam xabarlari kelayotgani haqida Facebook’dagi Potrebitel.Uz guruhi, Daryo.uz va boshqa ba’zi nashrlar yozishgandi.

Sizning telefoningizga ham quyidagi rasmdagidek SMS kelgan bo‘lsa va siz undagi link ustiga bosgan bo‘lsangiz, katta ehtimollik bilan sizning qurilmangiz ham ushbu virus bilan zararlangani aniq.

Foto: Farrux Narimonov

Foto: Farrux Narimonov

Shaxsan o‘zimga bunaqa SMS-spam kelmagan bo‘lsa-da, bu virus bilan zararlangan qurilma egalari uchun foydali tavsiyalarni yozmoqchiman.

Beeline har doimgidek birinchilardan bo‘lib ushbu SMS-spam bilan zararlangan Android qurilmalarni virusdan tozalash yo‘riqnomasini abonentlarga ma’lum qildi.

Continue reading

Google kompaniyasi iOS va Android uchun Docs va Sheets ilovalarini chiqardi

Google kompaniyasi iOS va Android uchun matnli hujjatlar va jadvallarni tahrirlashga mo‘ljallangan Docs va Sheets dasturiy ilovalarini chiqardi. Tez kunda taqdimot fayllari (PPT) bilan ishlaydigan ilova ham chiqariladi.

Android uchun Google Docs. Foto: Google Play

Docs va Sheets ilovalari matnli hujjatlar va jadvallar bilan avtonom ravishda ishlash imkonini beradi – foydalanuvchi internetga ulanmasdan turib ham fayllarni yaratishi, ko‘rishi va tahrirlashi mumkin. Hujjatlar ustida boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda ishlash xususiyati ham ko‘zda tutilgan.

Continue reading

OnePlus One – 300$ evaziga maksimal ko‘rsatkichlarga ega smartfon

Shu yilning 23-aprel kuni smartfonlar bozoridagi o‘yin qoidalarini o‘zgartirishi kutilayotgan hamda bir necha haftadan beri mish-mishlar tarqalayotgan qurilmaning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Xitoyning OPPO (bu sizga Oppa Gangnam Style emas J) kompaniyasi sobiq rahbari tomonidan asos solingan yosh OnePlus kompaniyasi o‘zining ilk qurilmasi – Android asosida ishlovchi OnePlus One bayroqdor smartfonini ommaga taqdim etdi. Ushbu smartfon katta ehtimollik bilan 2014-yil uchun “Yil smartfoni” nomiga sazovor bo‘lishi mumkin.

OnePlus One smartfoni

OnePlus One smartfoni

OnePlus One smartfonining eng asosiy o‘ziga xos jihati – uning narxidir. Yangilik bozorga 300$ narxda chiqariladi – o‘zining texnik ko‘rsatkichlariga nisbatan olinganda juda-juda yaxshi narx. Unchalik qimmat bo‘lmagan ushbu narxga siz 5,5-duym ekran, to‘rt yadroli baquvvat Qualcomm Snapdragon 801 protsessorli, xullas hozirgi kunda yirik ishlab chiqaruvchilar taqdim etgan bayroqdor smartfonlarda mavjud barcha xususiyatlarga ega smartfonni qo‘lga kiritasiz.

Continue reading

Dunyodagi elektron hukumat eng rivojlangan mamlakatlar, BMT – 2012

BMT 2012-yil mart oyida jahon mamlakatlarida elektron hukumatning rivojlanishiga bag‘ishlangan o‘zining hisobotini hamda reytingini chiqardi. Hujjat “E-Government Survey 2012: E-Government for the People” deb nomlanib, unda dunyoning 190 mamlakatida hukumat organlarining turli xizmatlarni ko‘rsatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishga qanchalik tayyor ekanliklari hamda imkoniyatlari baholangan.

Ushbu reyting ilk marta 2003-yilda tuzilgan bo‘lib, bu yilgisi hisob bo‘yicha o‘ninchichisi sanaladi.

Reytingni tuzishda uchta asosiy ko‘rsatkichdan foydalanilgan: onlayn-xizmatlar ko‘lami va sifati, AKT-infratuzilmasining rivojlanganlik darajasi va inson kapitali.

Har bir ko‘rsatkichni baholashda esa bir qancha ichki ko‘rsatkichlardan foydalanilgan. Masalan, onlayn-xizmatlarning ko‘lami va sifatini baholashda tadqiqotchilar mamlakatning hukumat portalini, davlat xizmatlari ko‘rsatiladigan asosiy portal hamda turli vazirliklar saytlarini baholashgan. Bunda o‘sha portal yoki saytda kontentning mavjudligi va uning sifati hamda ushbu resurslardan foydalanish imkoniyati e’tiborga olingan.

Continue reading