Dunyodagi elektron hukumat eng rivojlangan mamlakatlar, BMT – 2012

BMT 2012-yil mart oyida jahon mamlakatlarida elektron hukumatning rivojlanishiga bag‘ishlangan o‘zining hisobotini hamda reytingini chiqardi. Hujjat “E-Government Survey 2012: E-Government for the People” deb nomlanib, unda dunyoning 190 mamlakatida hukumat organlarining turli xizmatlarni ko‘rsatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishga qanchalik tayyor ekanliklari hamda imkoniyatlari baholangan.

Ushbu reyting ilk marta 2003-yilda tuzilgan bo‘lib, bu yilgisi hisob bo‘yicha o‘ninchichisi sanaladi.

Reytingni tuzishda uchta asosiy ko‘rsatkichdan foydalanilgan: onlayn-xizmatlar ko‘lami va sifati, AKT-infratuzilmasining rivojlanganlik darajasi va inson kapitali.

Har bir ko‘rsatkichni baholashda esa bir qancha ichki ko‘rsatkichlardan foydalanilgan. Masalan, onlayn-xizmatlarning ko‘lami va sifatini baholashda tadqiqotchilar mamlakatning hukumat portalini, davlat xizmatlari ko‘rsatiladigan asosiy portal hamda turli vazirliklar saytlarini baholashgan. Bunda o‘sha portal yoki saytda kontentning mavjudligi va uning sifati hamda ushbu resurslardan foydalanish imkoniyati e’tiborga olingan.

Shunday qilib, Janubiy Koreya ketma-ket ikki yildan beri elektron hukumatning rivojlanganligi bo‘yicha jahonda yetakchilikni o‘zida saqlab turibdi. Undan keyingi o‘rinlarni esa Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Daniya va AQSH band qilgan.

Jahon mamlakatlarida elektron hukumatning rivojlanishi indeksi, BMT – 2012

O‘rni Mamlakat Indeks
1 Janubiy Koreya 0.9283
2 Niderlandiya 0.9125
3 Buyuk Britaniya 0.8960
4 Daniya 0.8889
5 AQSH 0.8687
6 Fransiya 0.8635
7 Shvetsiya 0.8599
8 Norvegiya 0.8593
9 Finlandiya 0.8505
10 Singapur 0.8474
11 Kanada 0.8430
12 Avstraliya 0.8390
13 Yangi Zelandiya 0.8381
14 Lixtenshteyn 0.8264
15 Shveysariya 0.8134
16 Isroil 0.8100
17 Germaniya 0.8079
18 Yaponiya 0.8019
19 Luksemburg 0.8014
20 Estoniya 0.7987

 

Reytingning to‘liq variantini mana bu yerdan topishingiz mumkin. Hisobotning PDF shaklidagi to‘liq variantini esa mana bu joydan ko‘chirib olishingiz mumkin.

O‘zbekiston ushbu reytingda 0,51 indeks bilan 91-o‘rinda turibdi. Bu ko‘rsatkich butun dunyo bo‘yicha o‘rtacha indeksdan (0,496) yuqori. O‘zbekiston bu borada Markaziy Osiyo davlatlari ichida faqatgina Qozog‘istondan (indeks = 0,684; 38-o‘rin) ortda qolmoqda xolos. Turkmaniston – 125-o‘rinda (0,381), Tojikiston – 121-o‘rinda (0,407), Qirg‘iziston esa – 99-o‘rinda (0,488) turibdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>