Google kompaniyasi iOS va Android uchun Docs va Sheets ilovalarini chiqardi

Google kompaniyasi iOS va Android uchun matnli hujjatlar va jadvallarni tahrirlashga mo‘ljallangan Docs va Sheets dasturiy ilovalarini chiqardi. Tez kunda taqdimot fayllari (PPT) bilan ishlaydigan ilova ham chiqariladi.

Android uchun Google Docs. Foto: Google Play

Docs va Sheets ilovalari matnli hujjatlar va jadvallar bilan avtonom ravishda ishlash imkonini beradi – foydalanuvchi internetga ulanmasdan turib ham fayllarni yaratishi, ko‘rishi va tahrirlashi mumkin. Hujjatlar ustida boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda ishlash xususiyati ham ko‘zda tutilgan.

Android uchun Google Sheets. Foto: Google Play

Eslatib o‘taman, fayllarni bulutda saqlash uchun mo‘ljallangan Google Drive ilovasi ham hujjatlarni bevosita mobil qurilma yordamida tahrirlashga oid ichki o‘rnatilgan funksiyalarga ega. Google ham endi Facebook qo‘llagan usulni qo‘llamoqchi – ilovaning turli funksiyalarini alohida mahsulotlarga ajratish.

Google-Docs-for-Android-02

Bundan bir oy avval Microsoft ham iPad plansheti uchun o‘zining mashhur Word, Excel va PowerPoint mahsulotlarining ilovasini chiqargan edi. Google mahsulotlaridan farqli o‘laroq, ushbu ilovalar hujjatlarni tahrirlash borasida kengaytirilgan imkoniyatlarga ega, ammo iPhone foydalanuvchilari uchun mavjud emas.

Google-Docs-for-Android-03

Google Docs ilovasini ko‘chirib olish: iOSAndroid

Google Sheets ilovasini ko‘chirib olish: iOSAndroid

1 Comment Google kompaniyasi iOS va Android uchun Docs va Sheets ilovalarini chiqardi

  1. 83Melisa

    Hello blogger, i must say you have very interesting articles here.
    Your page should go viral. You need initial traffic boost
    only. How to get it? Search for; Mertiso’s tips go viral

    Reply

Leave a Reply to 83Melisa Cancel reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>