Android mobil platformasiga tizimiga qirg‘izcha klaviatura qo‘shildi. Bu degani, qirg‘izcha klaviaturadan foydalanish uchun alohida mobil ilova (MultiLing kabi) o‘rnatish shart emas.
Bu haqda asli qirg‘izistonlik, hozirda Google kompaniyasida ishlovchi Tilek Mamutov o‘zining Facebook sahifasida xabar bergan.
Bu yangilik Android uchun oddiy bir yangilik hisoblanishi mumkin, lekin u nafaqat qirg‘izlarlar, balki butun Markaziy Osiyo aholisi uchun katta yutuq hisoblanadi. Eslatib o‘taman, Androidda na o‘zbekcha, na qozoqcha klaviatura tizim darajasida mavjud emas!
Bundan ko‘rinib turibdiki, Androidda qirg‘izcha klaviaturaning paydo bo‘lishida Tilek Mamutovning hissasi katta. Bundan tashqari, u o‘zbekcha yoki qozoqcha klaviaturalarning qo‘shilishi borasida ham takliflarni kutishini aytgan. Unga o‘z taklifimizni va yordam uchun tayyor ekanligimizni bildirdik.
Tilek o‘z Twitter sahifasida yozishicha, qirg‘izcha klaviatura 2012-yil iyunidayoq Android 4.1 versiyasiga qo‘shilgan.

Foto: Tilek Mamutov
Hozircha menda mavjud insayderlik ma’lumotlariga ko‘ra, Android tizimiga o‘zbekcha klaviaturani qo‘shish bo‘yicha loyiha mavjud. Hatto, tanishlarimdan biri Google’ga klaviaturada o‘zbek lotin harflarining joylashuvi bo‘yicha o‘z taklifini ham yuborgan.
Shaxsiy fikrimcha, o‘zbekcha klaviaturada Sh, Ch va Ng kabi qo‘shma harflar bitta tugmada bo‘lmasligi lozim, ya’ni Sh harfini yozish uchun S va h harflarini alohida-alohida yozgan ma’qul. Shuningdek, O‘ va G‘ harflari ham bo‘lmasligi kerak, ya’ni O‘ harfini kiritish uchun O harfi va ‘ (bir tirnoq) belgisini kiritish lozim bo‘lsin.
Ba’zilar aytishi mumkinki, inglizcha klaviatura borku, o‘zbek lotincha klaviaturaga nima hojat? Hojati bor, chunki standart klaviaturalarda o‘zbekcha O‘ va G‘ harflarini yozish hamda tutuq belgisini (’) to‘g‘ri yozish uchun zarur belgilar yo‘q!
o’ va g’ harflarini bitta bo’lgani foydalanuvhiga qulaylik tug’dirmaydimi?
Manimcha ham bitta tugmada qilib tugmalar sonini ko‘paytirishni hojati yo‘q. Odamlar uje o‘rganib qolishgan yoki o harfini bosib turganda o‘ chiqadigan g tugmasini bosib turganda g‘ chiqadigan qilish kerak.
Balkim, qulay bo‘lishi mumkin. Lekin, maxsus belgilar alohida bo‘lgani ma’qul deb o‘ylayman, O‘shanchun, shaxsiy fikrimcha deb yozgandim
Hamza aka,Uzne Ummoni’ konferensiyasida O‘ va G‘ harflarini yozishda ilova bor degandiz behzod.uz da. blog.behzod.uz’dan topa olmadim.Link bering iltimos)))
Mana bu linkdan ko‘chirib oling:
http://behzod.uz/projects/uzl-keyboard
Rahmat:)
iPhone da ham qilishni iloji bormi buni?
Yo‘q. iPhone’da hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi
thank’s)))
iPhone-da qilsa bo’ladi, qidirib ko’ring. Kimdir yozuvdi shu haqda, unda Androiddanam oson. Kirillcha o’ q g’ h harflarini nazarda tutyapman.
Qaysi saytdan topish mumkin?
MultiLing keyboard bor #Andoid uchun. Krill ham, lotin ham bor. Hamza aka aytganlaridek alohida faqat ‘(tutuq) belgisi qo’shilgan
iyee uzr, yuqoridagi MultiLing’ni ko’rmabman