Diqqat! SMS-spam bilan zararlangan qurilmalarni virusdan tozalash

So‘nggi kunlarda o‘zbekistonlik uyali aloqa abonentlariga SMS-spam xabarlari kelayotgani haqida Facebook’dagi Potrebitel.Uz guruhi, Daryo.uz va boshqa ba’zi nashrlar yozishgandi.

Sizning telefoningizga ham quyidagi rasmdagidek SMS kelgan bo‘lsa va siz undagi link ustiga bosgan bo‘lsangiz, katta ehtimollik bilan sizning qurilmangiz ham ushbu virus bilan zararlangani aniq.

Foto: Farrux Narimonov

Foto: Farrux Narimonov

Shaxsan o‘zimga bunaqa SMS-spam kelmagan bo‘lsa-da, bu virus bilan zararlangan qurilma egalari uchun foydali tavsiyalarni yozmoqchiman.

Beeline har doimgidek birinchilardan bo‘lib ushbu SMS-spam bilan zararlangan Android qurilmalarni virusdan tozalash yo‘riqnomasini abonentlarga ma’lum qildi.

1. Android qurilmada agar antivirus ilovasi bo‘lmasa (ba’zi holatlarda bunday ilova bo‘lsa ham), virusli fayl qurilma xotirasidagi “Download” (Yuklab olinganlar) jildiga tushadi. Xususan, Samsung smartfonlarida ushbu jild quyidagi manzilda joylashgan:

МЕНЮ — МОИ ФАЙЛЫ — ВСЕ ФАЙЛЫ — DEVICE STORAGE — DOWNLOAD

Foto: Mobinfo.uz

Foto: Mobinfo.uz

2. Ushbu jilddan FOTO_ALBOM.apk deb nomlangan faylni o‘chirib tashlang.

3. Qurilmangizga virus o‘rnashganmi yoki yo‘qmi tekshirish uchun НАСТРОЙКИ-ОПЦИИ-ДИСПЕТЧЕР ПРИЛОЖЕНИЙ menyusiga kiring va u yerdagi ЗАГРУЖЕНО bo‘limini tekshirib chiqing.

Foto: Mobinfo.uz

Foto: Mobinfo.uz

Agar u yerda hajmi 200 KB atrofidagi “Google Play” deb nomlangan ilova mavjud bo‘lsa, demak sizning qurilmangiz ham ushbu virus bilan zararlangan.

Diqqat!Google Play Маркет” deb nomlangan hamd ahajmi 10,5 MB atrofida bo‘lgan ilova haqiqiydir, u virus emas!

4. Yuqorida tilga olingan, hajmi 204 Kblik soxta “Google Play” ilovasini o‘chirib tashlang.

Foto: Mobinfo.uz

Foto: Mobinfo.uz

5. Shu bilan qurilmangiz ushbu virusdan tozalanadi va kontaktlaringizga sizning nomingizdan SMS-spam borishi to‘xtaydi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>