Dunyodagi elektron hukumat eng rivojlangan mamlakatlar, BMT – 2012

BMT 2012-yil mart oyida jahon mamlakatlarida elektron hukumatning rivojlanishiga bag‘ishlangan o‘zining hisobotini hamda reytingini chiqardi. Hujjat “E-Government Survey 2012: E-Government for the People” deb nomlanib, unda dunyoning 190 mamlakatida hukumat organlarining turli xizmatlarni ko‘rsatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishga qanchalik tayyor ekanliklari hamda imkoniyatlari baholangan.

Ushbu reyting ilk marta 2003-yilda tuzilgan bo‘lib, bu yilgisi hisob bo‘yicha o‘ninchichisi sanaladi.

Reytingni tuzishda uchta asosiy ko‘rsatkichdan foydalanilgan: onlayn-xizmatlar ko‘lami va sifati, AKT-infratuzilmasining rivojlanganlik darajasi va inson kapitali.

Har bir ko‘rsatkichni baholashda esa bir qancha ichki ko‘rsatkichlardan foydalanilgan. Masalan, onlayn-xizmatlarning ko‘lami va sifatini baholashda tadqiqotchilar mamlakatning hukumat portalini, davlat xizmatlari ko‘rsatiladigan asosiy portal hamda turli vazirliklar saytlarini baholashgan. Bunda o‘sha portal yoki saytda kontentning mavjudligi va uning sifati hamda ushbu resurslardan foydalanish imkoniyati e’tiborga olingan.

Continue reading